Hujra
OʻzbekchaЎзбекчаРусский

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 24.09.2026

Ushbu siyosat Hujra platformasi (ilova va veb-sayt, keyingi oʻrinlarda — «Platforma») foydalanuvchilarining shaxsga doir maʼlumotlari qanday yigʻilishi, nima uchun ishlatilishi, kimga koʻrinishi, qancha saqlanishi va qanday oʻchirilishini tushuntiradi. Siyosat Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi OʻRQ-547-son Qonuni (keyingi oʻrinlarda — «Qonun») talablariga muvofiq tuzilgan.

Qisqacha:

1. Operator

Shaxsga doir maʼlumotlarning mulkdori va operatori: Elyorbek Adkhamov, manzil: Tashkent, Uzbekistan (keyingi oʻrinlarda — «Operator», «biz»).

Shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha murojaatlar uchun: elyorbekadkhamov9@gmail.com, +7 926 520-28-08.

2. Qaysi maʼlumotlarni yigʻamiz

2.1. Hisob

Telegram orqali kirganda Telegramdan faqat ism va tilni olamiz. Foydalanuvchi nomi (username) va rasm saqlanmaydi.

2.2. Oʻqish

2.3. Yozishmalar

2.4. Ota-ona bilan bogʻlanish

2.5. Oʻqituvchilar

2.6. Texnik maʼlumotlar

2.7. Toʻlovlar

Oʻquvchilarning dars uchun toʻlovlari Platforma orqali oʻtmaydi. Oʻqituvchi obunasi uchun toʻlov yoqilganda summa, sana, holat va karta raqamining niqoblangan qismi (masalan, 8600 **** 4418) saqlanadi. Karta raqamini, amal qilish muddatini va CVV kodini biz koʻrmaymiz — ularni toʻlov tashkiloti qayta ishlaydi.

2.8. Nimalarni yigʻmaymiz

3. Maʼlumotlardan nima uchun foydalanamiz

Faqat avtomatlashtirilgan qayta ishlash asosida sizga nisbatan huquqiy oqibat keltirib chiqaradigan qarorlar qabul qilmaymiz. Masalan, Platforma oʻqituvchiga «oʻquvchi koʻp dars qoldirmoqda» degan signal koʻrsatishi mumkin, ammo keyingi qarorni oʻqituvchi oʻzi qabul qiladi.

4. Maʼlumotlarni kim koʻradi

Boshqa hech kimga maʼlumotlaringizni bermaymiz va sotmaymiz.

5. Maʼlumotlar qayerda saqlanadi

Serverlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlishi mumkin.

Qonunning 27¹-moddasiga koʻra faqat Oʻzbekistonda saqlanishi shart boʻlgan maʼlumotlarni — biometrik, genetik maʼlumotlarni va telekommunikatsiya operatorlari abonentlarining maʼlumotlarini — biz qayta ishlamaymiz.

Boshqa maʼlumotlarni chet elda saqlash va qayta ishlash Qonunda nazarda tutilgan shartlardan biri bajarilganda amalga oshiriladi: maʼlumotlar yetarli darajada himoya qilinadi deb tan olingan davlatga uzatiladi, provayder bilan standart shartnoma shartlari tuzilgan yoki provayder axborot xavfsizligi boʻyicha xalqaro standartlarga (masalan, ISO/IEC 27001) muvofiq keladi. Vazirlar Mahkamasi 2026-yil avgustda maʼlumotlarni bir xil darajada himoya qiluvchi davlatlar roʻyxatini tasdiqlagan (Germaniya, AQSh, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari va boshqalar). Biz serverlarni faqat shu roʻyxatdagi davlatda joylashtiramiz. Transchegaraviy uzatishga rozilik «Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik» matnida alohida koʻrsatilgan.

6. Qancha saqlaymiz

Qonunning 10-moddasiga muvofiq maʼlumotlar ularni yigʻish maqsadiga erishilguncha saqlanadi:

7. Hisobni oʻchirish

Profil → «Hisobni oʻchirish». Ilova qoʻlingizda boʻlmasa, hisobga bogʻlangan pochtadan elyorbekadkhamov9@gmail.com manziliga yozing — 7 kun ichida oʻchiramiz. Oʻchirilganda darhol:

Oʻqituvchining guruh jurnalida sizning davomatingiz va baholaringiz ismsiz yozuv sifatida qoladi, shunda guruh statistikasi buzilmaydi. Bu yozuvlarni sizga bogʻlab boʻlmaydi. Toʻlov yozuvlari 6-boʻlimga muvofiq ismsiz saqlanadi. Oʻsha Google yoki Apple hisobi bilan qayta kirsangiz, yangi boʻsh profil yaratiladi.

8. Voyaga yetmaganlar

Platformadan maktab oʻquvchilari ham foydalanadi. Qonunning 21-moddasiga koʻra voyaga yetmaganlarning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilikni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat shaklida, ularning ota-onasi (vasiylari, homiylari) beradi. Oʻzbekistonda voyaga yetish yoshi — 18 yosh.

Shu sababli:

9. Huquqlaringiz

Qonunning 30-moddasiga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

Qanday foydalanish mumkin: ismni Profilda oʻzgartirasiz, hisobni Profil → «Hisobni oʻchirish» orqali oʻchirasiz, boshqa soʻrovlarni elyorbekadkhamov9@gmail.com manziliga yuborasiz. Maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish haqidagi soʻrovlarni 3 kun ichida bajaramiz, boshqa soʻrovlarga 10 kun ichida javob beramiz. Soʻrov yuborgan shaxs haqiqatan hisob egasi ekanini tekshirishimiz mumkin.

Roziligingizni qaytarib olsangiz, Platformadan foydalanish imkonsiz boʻladi, chunki xizmat maʼlumotlarsiz ishlamaydi. Bunda hisob 7-boʻlimga muvofiq oʻchiriladi; qonun boʻyicha saqlanishi shart boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.

10. Maʼlumotlar qanday himoya qilinadi

Maʼlumotlar sizib chiqqan taqdirda, zarar koʻrgan foydalanuvchilarni va qonunda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organini xabardor qilamiz.

11. Brauzerda saqlanadigan maʼlumotlar

Veb-versiya brauzer xotirasida (localStorage) kirish tokeni, tanlangan til va ekranlar tez ochilishi uchun keshni saqlaydi. Reklama yoki kuzatuv cookie-fayllari ishlatilmaydi. Hisobdan chiqqanda kesh tozalanadi.

12. Oʻzgartirishlar

Siyosat oʻzgarsa, yangi versiyani shu sahifada eʼlon qilamiz va ilovada xabar beramiz. Muhim oʻzgarishlarda roziligingizni qayta soʻraymiz. Amaldagi versiya sanasi hujjat boshida koʻrsatilgan.

13. Til

Siyosat oʻzbek va rus tillarida eʼlon qilinadi. Matnlar oʻrtasida farq boʻlsa, oʻzbek tilidagi matn ustun turadi.